Qoraqalpog‘istonning qator tumanlari vaqtincha elektrsiz qoldi
Nosozlik tufayli 15 mingga yaqin aholi elektr ta’minotidan uzildi.

Foto: Kun.uz
10 fevral kuni kechqurun Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 110 kV kuchlanishli «L-Nukus-2» elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, oqibatda Nukus shahri, Chimboy, Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Kegeyli va Nukus tumanlari iste’molchilari (14 ming 500 ta) qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
Maxsus brigada tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, iste’molchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.
Ta’kidlanishicha, qisqa vaqt ichida ushbu hudud iste’molchilarining elektr ta’minoti qayta tiklanishi uchun choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

08:14 / 11.04.2025
Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

13:26 / 08.04.2025
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

20:29 / 06.04.2025