O‘zbekiston | 08:44 / 11.02.2024
5519
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada omborxonasida 7,1 kg nasha saqlab kelgan shaxs aniqlandi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida nasha giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 9 fevral kuni tuman IIB hamda DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Beruniy” MFYda yashovchi, 46 yoshli A.X. yashash xonadonining omborxonasida jami 7 kilogramm 170 gramm miqdorida nasha giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid