Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada xonadonida mayning qurilma o‘rnatgan fuqarolar davlatga 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirdi
Soha mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Farg‘ona shahri va Furqat tumanida yashovchi 5 nafar fuqaro yashash xonadonida mayning qurilmalar o‘rnatgani aniqlangan.
Farg‘ona viloyatida 23 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 7 milliard 315 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 1–8 fevral kunlari «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan DXX, Bosh prokuratura va IIB hamda elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan 23 ta holat aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tizimga 7,3 milliard so‘m zarar keltirilgan.
Misol uchun, Farg‘ona shahri va Furqat tumanida istiqomat qiluvchi besh nafar fuqaro tomonidan o‘z yashash xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarni elektr tarmoqlariga noqonuniy ulab olishlari natijasida davlat manfaatlariga jami 7 milliard 14 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025