Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 57 gektar yerni ijaraga olib berish uchun 350 mln so‘m olgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda «G‘.S.» fermer xo‘jaligi rahbari S.Ch. «B.M.» xususiy korxonasiga qarashli yaylov uchun mo‘ljallangan 57 gektar yer maydonini tanishlari yordamida fuqaro K.B.ning nomiga ijara shartnomasi asosida olib berishi evaziga 350 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Navoiy viloyati kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi yuriskonsulti R.X. (muqaddam sudlangan) fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, Karmana tumani «Yangiariq» MFYda joylashgan kichik sanoat zonasi hududidagi 2,1 gektar yer maydonini E-auksion elektron platformasi orqali arzon narxda xarid qilib, uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 93 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qarshi tumanida fuqaro N.X. tumandagi «Kat» MFY hududida joylashgan, zaxiradagi 6 sotix yer maydonini fuqaro M.A.ga go‘yoki kadastr va soliq idoralarida ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishi evaziga 35 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
10:17 / 06.05.2025
Navoiyda savdo majmuasida yong‘in chiqdi
07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
19:52 / 24.04.2025