Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarkivda daryoga oqib ketgan neft va Avdiyivkadagi himoyachilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 720-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- AQSh Putinning mojaroni muzlatish uchun Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifini rad etgan, deb xabar beradi Reuters. Nashr manbalariga ko‘ra, 2023 yilda Putin vositachilar orqali, jumladan Moskvaning Yaqin Sharqdagi hamkorlari vositachiligida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Ammo bundan naf bo‘lmagan.
- Rossiyadagi telegram-kanallar Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi poligoniga zarba berilganini xabar qildi. Ukraina tomoni bu xabarni dezinformatsiya deb atagan.
- AQSh senati Ukrainaga harbiy yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
- Ukraina g‘arbidagi Kosmach qishlog‘ida mahalliy erkaklar urushga olib ketilayotgani uchun namoyish o‘tkazildi. Aholi vakillari bolali ayolni «harbiy komissariat ayg‘oqchisi» sifatida gumonlab kaltaklagan.
- Finlandiya prezidentligi uchun saylovlarda g‘olib chiqqan sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb Ukrainada «tinchlik sari yo‘l jang maydoni orqali o‘tishi»ni ma’lum qildi.
Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlarning dafn etilishi
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Volchansk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Volchansk — Xarkiv oblastida, Rossiya-Ukraina chegarasidan besh kilometr masofada joylashgan shahar. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov 13 fevral kuni rossiyaliklar zarbasi oqibatida shaharda tinch aholi vakili bo‘lgan 61 yoshli ayol halok bo‘lganini ma’lum qilgan, yana bir ayol yaralangan. O‘qqa tutish vaqtida ular Volchansk markazidagi bozorda bo‘lishgan.
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Xarkivda neft baza o‘qqa tutilganidan keyin daryoda paydo bo‘lgan neft
9 fevral kuni rossiyaliklarning dronlari Xarkivning Nemishlyanskiy rayonidagi neft bazani o‘qqa tutgandi. Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati matbuot xizmatiga ko‘ra, neft mahsulotlari «atrof muhitga ham zarar yetkazgan». Xususan, Xarkiv daryosi ifloslangan.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, atrof muhitga 3000 tonna neft mahsulotlari sizib chiqqan. Xarkiv oblastidagi Davlat ekologiya inspeksiyasi mutaxassislari Xarkiv va oblast hududidagi to‘qqiz obektdan, xususan Udi daryosidan [Xarkiv chekkasidan oqib o‘tadi] suv namunalarini olishgan. Namunalar sinovdan o‘tkazish uchun Ukraina ekologiya muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga topshirilgan. Dastlabki tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, neft mahsulotlari ichimlik suvi manbalariga tushmagan», — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Ivan Samoilov for Gwara Media / Global Images Ukraine / Getty Images
Kramatorsk vokzalidagi ukrain harbiylari
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Baxmut yaqinidagi ukrain tankchilari
Avdiyivka atrofidagi ukrain harbiylari
Ukraina qurolli kuchlari 2023 yil kuzi oxirida 47-mexanizatsiyalashgan brigadani Zaporijjya oblastidan Donetsk oblasti Avdiyivka shahriga olib o‘tgan. Uning «Leopard» tanklari va «Bredli» zirhli mashinalari bilan qurollangan batalyonlari shahar shimolida Rossiya yurishini muvaffaqiyatli to‘xtatib turdi, ammo yanvar oyi oxirida RF armiyasi ukrainlar mudofaasini yorib o‘tdi. Hozirda 47-mexanizatsiyalashgan brigada bo‘linmalari Avdiyivka atrofida jang qilishda davom etmoqda.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Mariupoldagi Aloqa uyi
Keng ko‘lamli urushga qadar Mariupol Aloqa uyida Bosh pochta bo‘limi joylashgandi. Binoni sovetlar davridagi rassom Viktor Arnautov muallifligida 1964 yilda yaratilgan «Kosmosni zabt etganlar» mozaikasi bezab turgan. 2022 yilda harbiy harakatlar boshlangach, bino jiddiy darajada shikastlangan. 2024 yil fevral oyi boshida Kiyev nazoratidagi Mariupol shahar kengashi Moskva tomonidan tayinlangan ma’muriyat Aloqa uyini buzib tashlashga qaror qilgani haqida xabar berdi.
Aleksandr Suxov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Aleksandr Suxov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Aleksandr Suxov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Aleksandr Suxov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025