Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada yaxshilik qilaman deb o‘zi bilmagan holda qotilga yordamlashgan O‘zbekiston fuqarosi qamoqqa olindi
Istambul shahridagi Bosh konsulxona fuqarolardan har qanday vaziyatda, ayniqsa xorijiy mamlakatlarda dastavval holatni chuqur o‘rganib, so‘ngra qaror qabul qilishni so‘ramoqda.
Istambul shahrida o‘zi bilmagan holda qotilga ko‘maklashgan o‘zbekistonlik 33 yoshli yigit qamalib qoldi. Bu haqda Istambul shahridagi Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Istanbul shahrining Maltepa qamoqxonasida ashyoviy dalillarni yo‘q qilish yoki o‘zgartirish aybi bilan 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi D.A. saqlanmoqda.
Bosh konsulxona xodimlari tomonidan u bilan tashkil qilingan suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, 2023 yilning sentabr oyi oxirlarida o‘zbekistonlik 25 yoshli M.A. undan uyidagi chiqindilarni olib chiqishda yordam so‘ragan. Bir nechta polietilen xaltalar va qoplar orasida katta gilam ham bo‘lib, D.A. va M.A. uni chiqindixonaga olib borib tashlaganlar. Biroq, D.A. gilam noodatiy tarzda og‘ir ekanligini payqab qolib, M.A.dan gilamning ichida nima borligini so‘raganida u turli chiqindilar bor, deb javob bergan hamda voqea joyidan qochib ketgan.
Keyinchalik ushbu gilam ichida Turkiya fuqarosining jasadi bo‘lganligi aniqlanib, har ikkala yigit qo‘lga olingan.
Hozirda M.A. qasddan odam o‘ldirish, D.A. esa ashyoviy dalillarni yo‘q qilish yoki o‘zgartirish aybi bilan tergovga jalb etilgan.
“Hozirda fuqaro D.A.ga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Fuqaro M.A. esa konsullik-huquqiy yordamdan voz kechib, Bosh konsulxona xodimlari bilan uchrashishdan bosh tortmoqda. Har xolda, bu fuqaro M.A.ning begunoh bir inson hayotining ostun-ustun bo‘lib ketishiga sabab bo‘lgan nomaqbul qilmishi uchun pushaymonligidan darak bo‘lsa kerak”, deyiladi xabarda.
Bosh konsulxona fuqarolardan har qanday vaziyatda, ayniqsa xorijiy mamlakatlarda dastavval holatni chuqur o‘rganib, so‘ngra qaror qabul qilishni so‘ragan.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025