Yoshiga nisbatan katta ko‘rinish: odamning biologik yoshi u haqida nimalarni aytib beroladi?
Xitoylik olimlar insonning yuzi, tili va ko‘z to‘r pardasi tasviri yordamida uning biologik yoshini aniqlaydigan dastur ishlab chiqdi. Biologik yosh odamning yoshiga teng, katta va kichikroq bo‘lishi ham mumkin. U tananing umumiy sog‘ligiga bog‘liq bo‘ladi.

Foto: Shutterstock
Xitoylik tadqiqotchilar insonning yuzi, tili va ko‘z to‘r pardasi tasviridan foydalangan holda uning biologik yoshini sun’iy intellekt yordamida aniqlovchi vosita ishlab chiqdi. Bu usul hujayralar, to‘qimalar va organlarning holatini bilishga imkon beradi, biror surunkali kasallikka chalinish xavfi bor-yo‘qligini aniqlaydi.
Biologik yosh nima?
Insonning xronologik yoshini aniqlash uchun uning haydovchilik guvohnomasiga qarashning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin. Lekin biologik yoshni aniqlash biroz murakkab. Xronologik yoshdan farqli ravishda biologik yoshni aniqlashning umumkelishilgan biror varianti yo‘q. Biologik yosh hayot tarzi, atrof-muhit va genetika sabab ta’sirlanishi mumkin. Masalan, tamaki chekuvchi inson o‘zining tengdoshiga nisbatan kattaroq ko‘rinishi, doimiy sport bilan shug‘ullanuvchilar esa yoshroq ko‘rinishi mumkin.
2 yosh turidagi farq faqatgina teridagi ajinlarning qanchalik chuqurligi bilan belgilanmaydi. Agar siz o‘z xronologik yoshingizga nisbatan katta ko‘rinsangiz surunkali kasallikka chalinish yoki kognitiv susayishga ertaroq duch bo‘lishingiz ehtimoli bor. Yoki biologik jihatdan yoshroq bo‘lsangiz, ko‘proq yashashingiz mumkin.
Stenford universiteti genetigi Mixail Snayderning qayd etishicha, biologik yoshni bilish muhim, sababi biror muammo aniqlansa, inson salomatligini yaxshilash uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilishni boshlashi mumkin.
Biologik yoshni qanday aniqlash mumkin?
Qarishning dastlabki belgilari, ya’ni biologik yoshni aniqlash modellari DNKdagi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turuvchi qaysidir genlarning o‘chirilgani yoki yoqilganini ko‘rsatuvchi kimyoviy belgilarni hisoblash yordamida o‘rganiladi. Yana ba’zi variantlar esa qondagi glyukoza tarkibi va yallig‘lanish oqsillarining miqdoriga qarab xulosa qiladi. Oldinroq olimlar insonning yuzi, miyasi skaneri va qondagi protein miqdoriga qarab biologik yoshni aniqlash usulini topgan.
Bu kabi usullarning barchasi biz ulg‘ayganimiz sari yuzga ajin tushishi, diabet kabi xronologik kasalliklarga chalinish holatlari kabi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlab beradi. Lekin qarish baribir murakkab jarayon, u hamma organlarga turli yo‘llar bilan ta’sir qiladi.
Yangi usul haqida
Biologik yoshni aniqlash uchun xitoylik tadqiqotchilar Shimoliy Xitoy hududida yashovchi 11,2 ming kishining ma’lumotlarini o‘rgandi. Sun’iy idrok yordamidagi bu tadqiqotda insonning yuzi, ko‘z to‘r pardasi va tili tasviri asosida uning biologik yoshi aniqlanadi.
Yuzdagi ajinlar quyosh ta’siri, ifloslanish kabi atrof-muhit omillariga ishora qiladi. To‘r parda esa markaziy asab tizimining bir qismi sanaladi. Shikastlangan qon tomirlari miya va qon aylanish tizimining sog‘ligini aks ettiradi. Tilning shakli va uning qoplami mikrobiom va ichak salomatligi haqida ma’lumot beradi.
Tadqiqotda qatnashganlar 5 yil davomida doimiy nazoratda bo‘lib borishgan. Ulardan siydik va qon tahlillari, jismoniy imtihonlar olingan, turmush tarziga oid so‘rovnomalar to‘ldirishgan.
Xitoylik olimlar o‘z usullarida biologik yoshni aniqlashni ishlab chiqish uchun sog‘lom bo‘lmagan kishilarni ham tadqiqotga jalb etgan. Ular diabet va yurak xastaliklari kabi surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchilardir.
Kutilganidek, sog‘lom kishilarning xronologik va biologik yoshlari bir-biriga chambarchas bog‘liq. Biroq kimdadir chekish yoki kamharakatlik kabi nosog‘lom odatlar bo‘lsa yoki surunkali kasalliklardan aziyat cheksa, ular o‘zlarining yoshiga nisbatan kattaroq ko‘rinadi. Masalan, chekuvchilar o‘z yoshlaridan 5,4 yoshgacha, surunkali yurak kasalliklari borlar esa 3,1 yoshgacha qariroq bo‘lishi mumkin.
Biologik yoshning xronologik yoshdan kattaroq bo‘lishi 6 ta yoshga doir kasalliklar: surunkali yurak, buyrak kasalliklari, yurak qon-tomir kasalliklari, diabet, gipertoniya va insult kabilar rivojlanishi xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun xitoylik tadqiqotchilar jami 11,2 ming ishtirokchini ularning o‘z yoshiga nisbatan biologik yoshi qanchalik farq qilishiga qarab 4 ta guruhga bo‘lib chiqdi.
Olimlarga ko‘ra, biologik yoshning kattaroq bo‘lishi kasalliklar xavfi bor deyishdan tashqari qaysidir odam shuncha yildan keyin mana bu yoshga doir kasalga chalinishi mumkin deb tashxis qo‘ya olish uchun yordam bera olishi kerak.
Aytish mumkinki, biologik va xronologik yosh o‘rtasidagi farqni aniqlash qondagi glyukoza, xolesterin miqdorini tekshirish kabi an’anaviy usullarga qaraganda kasallikka chalinishni prognoz qilishda yaxshiroq vosita bo‘la oladi. Lekin agar har ikkala usuldan ham foydalanilsa, samara anchayin yaxshi bo‘ladi.
Xitoylik olimlarning sun’iy intellekt yordamida insonning biologik yoshini aniqlash dasturidan yil oxirigacha foydalanish barchaga ochiq bo‘lishi mumkin. Hozirda ular iPhone ilovasi va boshqa tegishli ilovalar ustida ishlayapti
Bu kabi dasturlar kasalliklarning oldini olish xarajatlarini va qiyinchiliklarni kamaytirishi mumkin. Sababi insonlar turli qon va boshqa tahlillarni topshirib o‘tirmasdan undan foydalana olishi va salomatligi haqida bilib olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025