2023 yilda Amudaryo suvida qaysi davlat ko‘proq foydalangani ma’lum qilindi
O‘tgan yili Afg‘onistonni hisobga olmaganda uchta mamlakat Amudaryodan taxminan 47,58 km kub suv olgan.

Foto: Getty Images
2023 yilda O‘zbekiston Amudaryo suvining 38,4 foizini ishlatgan. Bu taxminan 18,3 km kubga teng.
Meteojurnal'ning yozishicha, 2023 yil Amudaryo Afg‘oniston hisobga olinmaganda uch mamlakat – O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonga taxminan 47,58 km kub suv bergan.
Daryo suvidan eng ko‘p foydalangan mamlakat Turkmaniston bo‘lgan. Ushbu mamalkat Amudaryo suvining 42 foizini ishlatgan. Bu qariyb 20 km kub suv demakdir.
O‘zbekiston o‘tgan yili Amudaryoning 38,4 foiz (taxminan 18,3 km kub), Tojikiston esa 19,8 foiz (taxminan 9,4 km kub) suvidan foydalangan.
Nashrga ko‘ra, Turkmaniston suvdan samarasiz foydalanayotgan davlatlar orasida yetakchilardan biri. Rasmiy aholi ma’lumotlaridan kelib chiqilsa, Turkmanistonda 2023 yilda Amudaryodan suv olish aholi jon boshiga 6741,7 metr kubni tashkil qilgan.
Oylar kesimida ham Turkmaniston Amudaryodan eng ko‘p foydalanuvchi bo‘lgan. Faqat fevral, mart va iyul oylarida O‘zbekiston Turkmanistonga nisbatan Amudaryodan ko‘proq suv olgan.
Oldinroq O‘zbekistonda Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalari tashkil etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

10:06 / 04.04.2025