7-sinf o‘quvchisining boshini devorga urgan o‘qituvchiga jinoyat ishi ochildi
Bola bosh qismi sohasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkent viloyati, Chinoz tumanida 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga urgan o‘qituvchiga jinoyatishi ochildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 11 fevral kuni Toshkent viloyati, Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi A.S. 7-sinf o‘quvchisining (2010 yilda tug‘ilgan) boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazgan.
Oqibatda bola bosh qismi sohasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB tomonidan Jinoyat Kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
20:45 / 19.09.2024
“Zo‘ravonlik, samosud va qo‘rquv mashinasi bilan xodimlarni ishlatish qadriyatga aylangan” – Inbazar voqeasiga faollar nigohi
19:39 / 16.09.2024
Inbazar do‘konida xodimni urgan qorovul 7 sutkaga qamaldi
19:26 / 16.09.2024
Rossiyadagi maktabda o‘quvchi tengdoshlariga bolg‘a bilan hujum qildi
10:29 / 16.09.2024