O‘zbekiston | 17:43 / 18.02.2024
16098
2 daqiqa o‘qiladi

Begemotdan tortib oq shergacha - Toshkent hayvonot bog‘i | Manzil

“Manzil” loyihasi oxirgi ko‘rsatuvlarida asosan tabiat qo‘ynida yashayotgan jonivorlar haqida hikoya qilib keldi. Bu gal esa ularni juda-juda yaqindan: hayvonot bog‘ida turib tomosha qilamiz.

Ko‘pchilik Toshkent hayvonot bog‘idagi xilma-xillik uncha katta emas deb o‘ylaydi. “Manzil” ko‘rsatuvini ko‘rib, bog‘da hayvonlarning siz bilmagan turlari va ko‘plab jarayonlarga guvoh bo‘lasiz.

Bu yil 100 yoshga to‘lgan Toshkent hayvonot bog‘i – ilmiy tadqiqot ishlari olib boradigan muassasa. U 1924 yilda 3 gektar maydonda O‘rta Osiyo universiteti biolog olimlari tashabbusi bilan sobiq Turkiston general gubernatorining shahar chekkasidagi dala hovlisidagi kichik hayvonot burchagi negizida tashkil etilgan.

Bog‘ 1940-yillar oxirida 200 turdan ortiq hayvonlar jamlangan hayvonot bog‘iga aylandi. O‘zbekiston hukumati qaroriga ko‘ra, 1994–97-yillarda Toshkent hayvonot bog‘i uchun barcha zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan yangi hayvonot bog‘i qurildi. Botanika bog‘i yaqinida joylashgan mazkur hayvonot bog‘iga 1997 yil 1 sentabrda Toshkent hayvonot bog‘i ko‘chib o‘tgan.

Hozirda hayvonot bog‘ida 400 ga yaqin hayvon turlari saqlab kelinmoqda.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Тоҳиржон Турсунов
Muallif Тоҳиржон Турсунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid