Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mart oyidan Toshkent va Varshava o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
LOT Polish Airlines aviakompaniyasi Varshava va Toshkent o‘rtasida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida ma’lum qilingandi. Aviaqatnovlar 2024 yil 13 martdan boshlanadi.
“Dunyo” xabariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan polshalik sayyohlar soni 8 mingtani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichni 2024 yilda 25 mingga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Varshava—Toshkent—Varshava havo qatnoviga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirida qayd etildi.
LOT Polish Airlines kompaniyasi Sotuv departamenti direktori Marta Vishnevska o‘z nutqida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan O‘zbekiston turizmiga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanligini va O‘zbekistonning boy tarixi ko‘plab sayyohlar kabi unda katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidladi. U bo‘lajak havo qatnovlari O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini bildirdi.
Reyslar haftasiga uch marta: Varshavadan Toshkentga chorshanba, juma va yakshanba kunlari, Toshkentdan Varshavaga dushanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
10:46 / 12.05.2025
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi
13:42 / 02.05.2025