O‘zbekiston | 08:33 / 19.02.2024
2205
2 daqiqa o‘qiladi

Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorilarning joriy yildagi beshinchi partiyasi yetkazildi

Misrdan Toshkentga gepatit C ga qarshi dori vositasining beshinchi partiyasi yetkazib berildi.

Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSh dollariga bo‘lgan jami 800 ming dona S va V gepatitiga qarshi dori vositalarining berilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

2023 yil davomida umumiy qiymati 696 ming dollarga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari mamlakatga bosqichma-bosqich yuborildi.

10 fevral kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi S gepatitiga qarshi dori vositasini to‘rtinchi marotaba Toshkentga yetkazib berdi. Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bir nafar bemorning 3 oylik to‘liq davolash kursi uchun 6 qadoq kerak bo‘ladi. Mazkur davolash kursining Misrdagi o‘rtacha narxi 31 dollar, O‘zbekistonda esa joriy yilga qadar 100 dollarga deya baholanib kelingan. Misr hukumati taqdim etadigan 800 ming dona dori vositasi jami 133 ming bemorga yetadi. 

Agarda gepatit S ga qarshi dori vositalarini shu paytgacha xorijdan xarid qilinayotgan baholarda sotib olinganda O‘zbekiston davlat budjetidan 13,3 million dollarga sarflangan bo‘lardi. Davlat budjetidan iqtisod qilingan mablag‘lar gepatitni aniqlash bo‘yicha aholini "skrining" qilish hajmini joriy 10 mingdan 1 millionga qadar oshirish, viruslarni aniqlab, kasallikka to‘liq barham berishga imkon yaratishi kutilyapti.

Mavzuga oid