Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya 26 fevralda Shvetsiyani NATOga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi
FIDeS partiyasi fraksiyasi rahbari aytishicha, Shvetsiyaning NATOga kirishini ratifikatsiya qilish bo‘yicha ovoz berish qonunchilar ta’tildan qaytgan birinchi kunda bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, deputatlar Shvetsiya a’zoligini qo‘llab-quvvatlash niyatida.
Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishini ratifikatsiya qilish bo‘yicha 26 fevralda, deputatlar ta’tildan qaytganidan keyingi birinchi kuni ovoz beradi. Bu haqda 20 fevral, seshanba kuni «FIDES – Vengriya fuqarolik ittifoqi» hukmron partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari Mate Koshich Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, FIDeS deputatlari Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlash niyatida.
Vengriya - Shvetsiya arizasini ratifikatsiya qiladigan eng oxirgi davlat
Shvetsiya 2022 yil 18 mayda Finlandiya bilan bir vaqtda a’zolik uchun ariza bergan va qo‘shilish protokollari 5 iyulda imzolangan. 2023 yilning 4 apreliga qadar Shvetsiyaning NATOga kirishi Turkiya va Vengriyadan tashqari barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilindi. Joriy yilning 23 yanvarida Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qulladi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘z hukumati Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor ta’kidlagan bo‘lsa-da, 5 fevral kuni bu masala ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan parlament yig‘ilishini aynan FIDeS deputatlari boykot qilgan. Xususan, ular Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristerssondan Vengriya demokratiyadan chekinayotgani haqidagi tanqidi uchun Budapeshtga tashrif buyurishini talab qildi. Bunga javoban Kristersson Budapesht bilan Shvetsiya arizasi bo‘yicha keyingi barcha muzokaralarni to‘xtatayotganini, biroq protokol ratifikatsiya qilinganidan keyin Orban bilan uchrashishga tayyorligini aytdi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025