YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi kengashi rezolyutsiyasida aytilishicha, Rossiya Ukrainada xalqaro huquqni buzgan holda kuch ishlatishda davom etar ekan, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish maqsadga muvofiqdir. Urush olib borganlik uchun sanksiyalar 2025 yil 24 fevralgacha uzaytirildi.
Yevropa Ittifoqi kengashi Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni uzaytirdi. Bir kun oldin qabul qilingan va 20 fevral, seshanba kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilgan rezolyutsiyada cheklov choralari 2025 yil 24 fevralgacha uzaytirilgani aytiladi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Rossiya kuch ishlatishga taqiqni buzishda davom etar ekan, shu bilan xalqaro huquqni jiddiy buzyapti. Bunda, Yevropa Ittifoqi tomonidan shu kungacha kiritilgan «barcha choralarni kuchda saqlash maqsadga muvofiq» va zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha choralar ko‘rish lozim.
Yevroittifoqning Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalari to‘plami Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi arafasida – 2022 yil 23 fevralda Moskva Donbassdagi separatistik tuzilmalar «mustaqilligini» tan olgani uchun qabul qilingan edi.
Sanksiyalar 2022 yil 6 oktyabrda - Rossiyaning Ukrainaning Donetsk, Xerson, Luhansk va Zaporijjya viloyatlari hududlarini anneksiya qilgani haqidagi e’loniga javoban kengaytirildi.
Mavzuga oid
22:02 / 05.10.2024
G‘arb va Ukraina urushni tugatish sxemasini muhokama qilmoqda - OAV
21:58 / 05.10.2024
Rossiyada kvadrobika taqiqlanishi mumkin
12:50 / 05.10.2024
Fitso urushdan keyin RF bilan munosabatlarni tiklashni yoqlab chiqdi
08:50 / 05.10.2024