Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus va viloyat markazlari uchun mingta avtobus xarid qilinadi
Nukus shahri va viloyat markazlari uchun mingta avtobus olib kelinadi.
“2024 yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga ko‘ra, 2024 yilda Xitoy banki Transport vazirligiga tabiiy gazda harakatlanuvchi 1000 dona avtobus hamda “Toshshahartransxizmat” korxonasi uchun 200 dona elektrobus xaridi uchun jami 180 mln dollar miqdorida qarz mablag‘lari ajratadi.
Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun 1000 dona siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi katta sig‘imli avtobuslar xarid qilish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotdan 120 mln dollar jalb qilinadi.
“Toshshahartransxizmat” tomonidan harakat tarkibini 200 dona katta sig‘imli elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalarini xarid qilish yo‘li bilan yangilashni tashkil etish uchun 60 mln dollar jalb qilinadi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
20:24 / 20.05.2025