O‘zbekiston | 17:30 / 23.02.2024
5358
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi issiqxonalarning birida avtomobil shinalari yoqilgani aniqlandi

Foto: Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi

Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi Zangiota tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, reyd davomida «Mevazor» MFYda yashovchi fuqarolarning murojaatiga asosan issiqxonalar faoliyati o‘rganilgan. Tekshiruv davomida fuqarolar N.A va U.K. issiqxonani isitishda avtomobil shinalari yoqqani aniqlangan.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi (atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Fuqarolar kelgusida bunday holatlarni sodir etmasligi to‘g‘risida ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Mavzuga oid