Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy rada muddatli harbiy xizmatchilar demobilizatsiyasi to‘g‘risida qonun qabul qildi
Umuman olganda, rada tomonidan qabul qilingan qonun loyihasida safarbarlik vaqtida muddatli harbiy xizmatchilar zaxiraga o‘tkazilgandan keyin 12 oy davomida harbiy xizmatga chaqirilmasligi belgilab qo‘yilgan.
Ukraina Oliy radasi muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar demobilizatsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda 23 fevral, juma kuni Ukraina parlamenti deputatlari Aleksey Goncharenko va Yaroslav Jyeleznyak ma’lum qildi. Ularga ko‘ra, qonun loyihasiga jami 319 deputat ovoz bergan.
Goncharenkoning so‘zlariga ko‘ra, bir kun avval prezident Volodimir Zelenskiy tomonidan kiritilgan qonun loyihasi yakuniy ko‘rinishida safarbarlik davrida harbiy xizmatchilar zaxiraga o‘tkazilgan kundan boshlab 12 oy ichida xizmatga qayta chaqirilishi mumkin emasligi haqidagi qoidani o‘z ichiga olgan.
Hujjatda harbiy holat davrida xizmat muddati tugagan va u belgilangan holatdan tashqari uzaytirilgan harbiy xizmatchilar «Ukraina prezidentining farmoni bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilishi» belgilandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025