Jahon | 08:45 / 24.02.2024
20150
3 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyaning A-50 samolyotini urib tushirganini e’lon qildi

Rossiyaning A-50 razvedka samolyoti Azov dengizi uzra urib tushirildi, deya xabar beradi Ukraina havo kuchlari. Krasnodar o‘lkasida «uchish apparati» halokatga uchragani haqida xabar berildi.

Foto: Wikipedia

Ukraina harbiylari Azov dengizi uzra Rossiyaning «Bayan» chaqiruv belgisiga ega A-50 uzoq radiolokatsion aniqlash va boshqarish samolyotini urib tushirdi. Bu haqda 23 fevral, juma kuni Ukraina havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk Telegram’da yozdi

«Bosh razvedka boshqarmasi va natijani ta’minlagan barchaga rahmat», deb ta’kidlab o‘tdi u hamda samolyotning yo‘q qilinishi taxmin qilingan lahza videosini joylashtirdi. Shu bilan birga, Kremlga yaqin harbiy blogerlar Rossiyaning A-50 samolyoti Krasnodar o‘lkasida halokatga uchragani haqida xabar berdi. «A-50. Yana. Bu samolyotlarning resursi deyarli qayta tiklanmaydi. Ekipaj - alohida masala. Eng yuqori mutaxassislar», - deyiladi «Dva mayora» Telegram-kanalida. 

Yil boshidan beri ikkinchi A-50 urib tushirildi 

Rossiyada bir qator blogerlar Rossiya havo mudofaasidan «do‘stona olov» ochilgani bo‘yicha versiyani ilgari surdi. Ushbu versiyani Mariupol merining maslahatchisi Petr Andryushchenko rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot «Mariupol qarshiligi» ma’lumoti yordamida urib tushirilgan. Andryushchenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu A-50 Ukrainaga hujumlarni, shu jumladan 7 fevraldagi ommaviy hujumni muvofiqlashtirgan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi hozircha vaziyatga izoh bermadi. Krasnodar o‘lkasi tezkor shtabining xabar berishicha, Trudovaya Armeniya xutori yaqinida «uchar apparat» qulagan. 

A-50 - uzoq masofali radiolokatsion aniqlash va boshqarish samolyoti, u razvedka o‘tkazishga qodir hamda havo, quruqlik va dengizda nishonga olishda qiruvchi va zarba beruvchi samolyotlarni boshqarish uchun ishlatiladi, shuningdek, havo qo‘mondonlik punkti sifatida xizmat qiladi. Rossiya Federatsiyasida ulardan to‘qqiztasi bor edi. Yanvar oyida Ukraina qurolli kuchlari Azov dengizi uzra bittasini urib tushirgani, 2023 yil fevralida Belarusda yana bir A-50 samolyoti «partizanlar» tomonidan shikastlangani xabar qilingan. 

Mavzuga oid