Jahon | 15:13 / 25.02.2024
15598
9 daqiqa o‘qiladi

Ukraina va Rossiyada qurbonlar xotirlandi, frontda esa janglar davom etmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 731-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina qurolli kuchlari Azov dengizi ustida rossiyaliklarning A-50 samolyoti urib tushirilgani haqida ma’lum qildi. Samolyot halokati haqida z-pabliklar ham yozishgan — ammo ularning versiyasiga ko‘ra, bunga «do‘stona zarba» sabab bo‘lgan (ya’ni samolyot Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari xatosi tufayli urib tushirilgan). RF mudofaa vazirligi vaziyat yuzasidan izoh bermagan.
  • «Ukrainskaya pravda» xabariga ko‘ra, Azov dengizi hududida A-50 qulashi oqibatida rossiyalik 10 harbiy halok bo‘lgan.
  • Zaporijjya oblastining RF tomonidan anneksiya qilingan qismi gubernatori Yevgeniy Balitskiy okkupatsiyani qo‘llab-quvvatlamagan ukrainlar yoppasiga surgun qilinishi haqida gapirdi.
  • Ukraina Oliy radasi Zelenskiyning muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar va urush boshidan buyon armiyadan qytarilmagan askarlarni demobilizatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunini ma’qulladi.
  • Baykalorti o‘lkasi rasmiylari Donbassdagi Volnovaxa shahri yaqinidagi Trudovske qishlog‘ida poligonga zarba berilishi oqibatida ushbu regiondan bo‘lgan 16 harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi. BBC rus xizmati ushbu zarba oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘lganini xabar qilgan.
  • Moskva aholisi Ukrainadagi urushning ikki yilligi munosabati bilan Lesya Ukrainka yodgorligiga gullar keltirishdi.
  • Moskvada politsiya safarbar qilingan harbiylarning rafiqalari uyushtirgan aksiya vaqtida jurnalistlarni qo‘lga oldi.
  • Yevrokomissiya prezidenti, Italiya, Kanada va Belgiya bosh vazirlari keng ko‘lamli urushning ikki yilligida Kiyevga tashrif buyurdi.
  • Lipetskda dronlar Rossiyadagi eng yirik po‘lat quyish zavodiga (NLMK) hujum uyushtirdi.
  • Rossiya qo‘shini Ukrainaga dron va raketalar bilan hujum qildi. Odessada turar joy binosi vayron bo‘lgan, bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangan.

Kiyevdagi yodgorlik

Kiyev markazida ukrain askarlariga yodgorlik
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Vishgorodda «Qahramonlar xochi»

Kiyev oblastining Vishgorod shahrida Rossiya bilan urushning ikki yilligida «Qahramonlar xochi» monumenti ochildi — bu janglarda halok bo‘lgan ukrain harbiylari xotirasiga va bugungi kunda ham bosqinga qarshi kurashayotgan askarlar sharafiga o‘rnatilgan. Yodgorlik uchun xayriya mablag‘lari sarflangan, uning loyihalashtirilishida Ukraina grek-katolik cherkovi rahbari Svyatoslav qatnashgan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Irpindagi Romanovskiy ko‘prigi ostida xotira aksiyasi

Kiyev atrofidagi Irpin shahri hududidan oqib o‘tuvchi shu nomli daryo ustidan o‘tgan Romanovskiy ko‘prigi keng ko‘lamli bosqinning ilk kunidayoq ukrain harbiylari tomonidan portlatilgan — RF qurolli kuchlari poytaxtga yurish qilmasligi uchun. Uning yonidan o‘tish joyi tashkil etilgan, urushning ilk haftalarida Irpin va Kiyev oblastida ishg‘ol etilgan boshqa aholi yashash manzillaridan o‘n minglab kishilar Ukraina nazorati ostidagi hududlarga shu o‘tish joyi orqali evakuatsiya qilingan. Shu bilan birga, ko‘prik Rossiya armiyasi tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutib turilgan — otishmalar vaqtida ko‘prik ostidagi xarobalarda yashiringan odamlar aks etgan kadrlar Rossiya tajovuzi shafqatsizligi va noinsoniyligi timsollaridan biriga aylangandi. Urush boshlanganining ikki yilligida Romanovskiy ko‘prigi ostida halok bo‘lgan barcha ukrain harbiylari xotirasiga marosim tashkillashtirildi.

Romanovskiy ko‘prigi ostidagi xotira marosimi ishtirokchilari
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Odamlar urush qurbonlari xotirasiga gullar keltirib, sham yoqishdi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
2024 yil 24 fevral kuni ko‘prik ostida tashkillashtirilgan marosimda kuylayotgan qo‘shiqchi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Marosimda ko‘plab oilalar farzandlari bilan qatnashdi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Rossiyada «Tixiy protest»

Rossiya shaharlari aholisi ham bosqinning ikki yilligini xotirlashdi — ammo mamlakatdagi repressiv qonunchilik tufayli hatto xotira aksiyalarini ham «tixiy protest» formatida o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, 24 fevral kuni Aleksey Navalniy o‘limiga to‘qqiz kun bo‘lgandi — shu munosabat bilan ham rossiyaliklar ko‘chalarda yakkalik piketlarga chiqishdi, ibodatxonalarda navbatda turishdi va siyosiy qatag‘onlar qurbonlari yodgorliklariga gullar keltirishdi. Aksiyalar ishtirokchilari qo‘lga olindi. «OVD-Info» ma’lumotiga ko‘ra, 24 fevral kuni jami 49 kishi ushlangan. 

Sankt-Peterburg

Taras Shevchenkoning «Vasiyat» she’ridan parcha yozilgan qog‘oz shoirning Sankt-Peterburgdagi haykaliga yopishtirilgan
«Bumaga»
Politsiya avvaliga varaq ustiga qora paket tortib qo‘ydi, keyin esa butunlay olib tashladi. Varaqni yopishtirgan ayol qo‘lga olingan. Haykal yonidan barcha gullar yig‘ishtirib olingan va eng yaqin chiqindi qutilariga uloqtirilgan.
«Bumaga»

Moskva 

Moskvalik ayol Lesya Ukrainka yodgorligiga gul qo‘ymoqda
SOTAvision

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari

Ukraina qurolli kuchlari Avdiyivkadan chekingach, Baxmut frontdagi eng qaynoq nuqta bo‘lib qolmoqda. Fotoda — ukrainalik harbiy xizmatchilar 2023 yilda eng qonli harbiy harakatlar markazida qolgan shahar yaqinidagi pozitsiyada aks etgan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK artilleriyachisi rossiyaliklarning Baxmut yaqinidagi pozitsiyasiga sovetlar davriga mansub D-20 gaubitsasidan o‘t ochmoqda
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QKning Baxmut atrofidagi pozitsiyasida artilleriya o‘q-dorilari. Snaryadlar va boshqa qurollar taqchilligi — g‘arb yordami kamaygan vaqtda RF qurolli kuchlari hujumga o‘tganida Ukraina uchun asosiy risklardan biri bo‘lmoqda
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Harbiy xizmatchilar va qurollarni oldingi chiziqqa yetkazib bergan vertolyot Baxmut atrofida parvoz qilmoqda
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK artilleriyachilari rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga zarba yo‘llashga hozirlanmoqda
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut atrofida Ukraina QK pozitsiyalaridagi loygarchilik
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press

Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari

Odessa oblasti rahbari Oleg Kiper 23 fevralga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar regionga dronlar va X-31P hamda X-22 tipidagi raketalar bilan hujum qilganini xabar qildi. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari to‘qqizta dronni urib tushirdi, deya ma’lum qilgan mulozim. Uchuvchisiz uchar apparatlardan biri korxona hududiga tushgan va yong‘in kelib chiqqan. O‘tni o‘chirish chog‘ida qutqaruvchilar bir kishi jasadini topishgan, xarobalarni tozalash vaqtida yana ikki kishining jasadi chiqqan. 

Ukraina FVDX
Ukraina FVDX
Ukraina FVDX
Ukraina FVDX

Rossiya armiyasining anneksiya qilingan Qrimdagi ta’mirlash bazasi 

«Vostok» qo‘shinlar guruhining ta’mirlash-evakuatsiya bo‘linmasining Qrimdagi bazasi
Viktor Korotayev / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Viktor Korotayev / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Viktor Korotayev / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Viktor Korotayev / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Viktor Korotayev / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Viktor Korotayev / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid