O‘zbekiston | 15:54 / 26.02.2024
12871
1 daqiqa o‘qiladi

Bekobod tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bo‘lim boshlig‘i hamda bosh hisobchisi rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan qariyb 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan.  

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Bekobod tumanida qonunbuzilishi holati aniqlangan.  

Ma’lum qilinishicha, Bekobod tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i N.J. va bosh hisobchisi E.O‘. tikuvchilikka ixtisoslashgan 3 ta MChJ rahbarlari bilan o‘zaro til biriktirib, 2023 yilning oktyabr-dekabr oylarida tumanda yashovchi 116 nafar fuqaroga go‘yoki kasanachilik faoliyatida zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar yetkazib berilgani to‘g‘risida rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritgan. Ular bu orqali 950 mln 570 ming so‘m pul mablag‘ini talon-toroj qilgan.  

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid