Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqni ta’minlash bo‘yicha maslahat-kengashi tuziladi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Davlat organlarining rahbarlari xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlari, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillari ishtirokida maslahat-kengash organlarini tuzishi mumkin.
Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxs belgilanadi va bu majburiyatlarni bajarish davlat organi rahbarining o‘rinbosarlaridan biri zimmasiga yuklatiladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- maslahat-kengashi organlari o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boruvchi va doimiy faoliyat yurituvchi organ hisoblanadi;
- maslahat-kengashi organlari o‘z faoliyatini qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va tegishliligi bo‘yicha davlat organlarining ichki buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiradi;
- davlat organlari rahbarlari tegishli maslahat-kengashi organlari faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi organlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha namunaviy nizom tasdiqlanadi:
- maslahat-kengashi organlarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari;
- maslahat-kengashi organlarining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilingan qarorlar mohiyati;
- maslahat-kengashi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi organlari faoliyatini samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda uslubiy-amaliy ko‘maklashib boradi.
Mavzuga oid
14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
07:40 / 12.09.2024
Kozim To‘laganov Qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi
11:35 / 03.08.2024