Zelenskiy: Urush paytida 31 ming ukrainalik harbiy halok bo‘ldi
Ukraina prezidenti ilk bor urushda halok bo‘lgan ukrainalik harbiylar sonini aytdi. Bu ko‘rsatkich OAV va G‘arb manbalari tomonidan ilgari surilgan taxminlardan past.
Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi boshidan beri 31 ming ukrainalik askar halok bo‘ldi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 25 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan katta matbuot anjumanida.
«Ushbu urushda 31 ming ukrainalik askarlar halok bo‘ldi. Putin va uning atrofidagilar aytganidek 300 ming yoki 150 ming emas. Lekin bularning har biri biz uchun katta yo‘qotish», - dedi Zelenskiy.
Prezident yarador ukrainalik askarlarning sonini ayta olmasligini, chunki Rossiya qancha odam «jang maydonini tark etganini» bilib qolishi mumkinligi qo‘shimcha qildi. U, shuningdek, bedarak yo‘qolgan harbiylar sonini ham aytmadi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, urush paytida 180 ming rus askari halok bo‘lgan. Jami yaradorlarni hisobga olgan holda bu raqam 500 ming kishini tashkil etadi, dedi u.
Ukraina rasmiylari harbiy sir ekanini aytib, urush boshlanganidan beri qurbonlar sonini oshkor qilmagan. Rossiya ham qurbonlar soni haqida xabar bermayapti.
Ukraina va Rossiyadagi yo‘qotishlar bo‘yicha uchinchi tomon hisob-kitoblari
Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri qancha harbiy xizmatchi halok bo‘lgani ma’lum emas. Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Uilyam Berns 30 yanvar kuni o‘zining Foreign Affairs uchun ruknida Rossiya armiyasi umumiy yo‘qotishlarini 315 ming kishiga baholadi. Bu raqamga yaralangan askarlar ham kiradi. Economist jurnali Amerika rasmiylarining hisob-kitoblariga tayanib, urush paytida kamida 70 ming ukrainalik askar halok bo‘lgan va 120 mingga yaqini yaralanganini yozgan.
O‘tgan yil avgust oyida The New York Times gazetasi AQSh ma’muriyati Rossiya tomonidagi yo‘qotishlarni 120 ming o‘lik va yana 170-180 ming yaralangan harbiy deb hisoblayotganini yozgandi, Amerika razvedkasi Ukraina yo‘qotishlarini esa 70 ming o‘lik va 120 ming yaralangan askar atrofida baholagan.
Mavzuga oid
16:11
Frontdagi vaziyat: RF qurolli kuchlari kutilmaganda Ukrainaning yana bir «qal’asi» shturmini boshladi
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024