Zoir Mirzayev telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga pul mukofoti berishini ma’lum qildi
Toshkent viloyati hokimi «Telefonsiz maktab» tashabbusini ilgari surdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Chirchiq shahridagi maktab direktorlari bilan uchrashuvda o‘qituvchilari va o‘quvchilari dars paytida telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini ma’lum qildi. Viloyat rahbari shu maqsadda «Telefonsiz maktab» tashabbusini ilgari surgan.
«Telefonsiz maktab» degan tashabbusni amalga oshirgan maktabga 300 million so‘m pul beraman. Gap-so‘zsiz. Men pul beraman, shu ishni qilganlarni rag‘batlantirmoqchiman», dedi Zoir Mirzayev va maktab jamoasi bu pulni yutsa, qanday sarflash o‘z ixtiyorida ekanini qo‘shimcha qildi.
Zoir Mirzayev tadbir davomida maktab o‘quvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan Nurafshon, Angren va Ohangaron tumani xalq ta’limi bo‘lim mudirlariga 12 million so‘mdan mukofot puli bergan.
Mavzuga oid

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025