Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dnestrbo‘yi deputatlari Rossiyaga murojaat etib, Moldovadan himoya qilishni so‘radi
Tan olinmagan Dnestrbo‘yi prezidenti Moldovani «genotsid siyosati»ni qo‘llashda aybladi.
Dnestrbo‘yi hukumati deputatlar qurultoyi chog‘ida Rossiyaga murojaat etib, maxsus deklaratsiyani qabul qildi. Unda Moldova tomonidan mintaqani «iqtisodiy blokada» qilinayotgani ta’kidlangan va Rossiyadan «mamlakatni himoya qilish» so‘ralgan.
Dnestrbo‘yi aslida Moldova tarkibiga kiradi, ammo 1990 yilda mustaqillikni e’lon qilgan. Biroq, uning mustaqilligi tan olinmagan.
Shuningdek, qurultoyda BMT Bosh kotibi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Yevropa parlamenti va Xalqaro Qizil Xochga ham murojaat qabul qilingan. Deputatlar «Dnestrning chap qirg‘og‘i barcha aholisining ijtimoiy va gumanitar huquqlari, manfaatlari va erkinliklarini ta’minlash va mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik»ni talab qilmoqda va «5+2» formatida muzokara olib borishga chaqirmoqda.
Dnestrbo‘yi prezidenti Vadim Krasnoselskiy Moldovani «genotsid siyosati»ni qo‘llashda ayblagan.
Dnestrbo‘yi muxolifatchi siyosatchisi Gennadiy Chorba 20 fevral kuni qurultoyda deputatlar Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risida bayonot qabul qilmoqchi ekanini yozgan edi. Uning fikricha, qurultoyni o‘tkazish uchun Moskvadan jamoa jo‘natilgan va Rossiya Federal Majlisi bu arizani tezkor qabul qilishi kerak.
Ukraina harbiy razvedkasi (UHR) Chorba aytgan ma’lumotlar «hali tasdiqlanmagan»ini ma’lum qildi. Urushni o‘rganish instituti (ISW) mintaqada Rossiya qo‘shinlarining Moldovaga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiyaga tayyorlanayotgani alomatlarini topmadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025