Jahon | 18:50 / 28.02.2024
4851
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda ayollarga internetda o‘z fikrini bildirishiga cheklovlar joriy qilinishi mumkin 

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov o‘z o‘rinbosari Edil Baysalovga ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘layotgan sharhlarni monitoring qilishni topshirdi. 

Foto: Tabyldy Kadyrbekov

Uning fikricha, ajrashgan ayollar eri va uning ota-onasi haqida yomon fikr bildirmasligi kerak. 

«Biz an’ana va urf-odatlarimizga zid bo‘lgan ma’lumotlarning tarqalishini cheklashimiz kerak. Ba’zi kelinlar o‘z otasini maqtaydi, ammo qaynota va qaynonasini qoralaydi. Ajrashganda esa ijtimoiy tarmoqlarda (shu haqdagi) fikrlarini yozadi, bu uyat. Ular namuna bo‘lmasligi kerak. Qaynotalariga kalta shim kiymanglar deyishadi, kelinlar esa boshidan ro‘molini yechmasligi kerak», dedi Vazirlar Mahkamasi raisi. 

Shu bilan birga, Oqilbek Japarov ijtimoiy tarmoqlarda bunday izohlarni yozgan ayollarga qanday chora ko‘rilishiga aniqlik kiritmadi. 

Qayd qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi rahbari ayollar va qizlarga nisbatan birinchi marta shunday fikrlarni bildirayotgani yo‘q. 2022 yil sentabr oyida u qizlar uy bekasi bo‘lishi kerakligini, o‘g‘il bolalar pul ishlab, o‘z vatanini himoya qilishni o‘rganishi lozimligini aytgan edi.

Mavzuga oid