Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, Qozondagi “ENKA Inshaat ve Sanayi A.Sh.”, Chelyabinskdagi “Agropark Ural”, Rostov-Dondagi “Kachevnik” korxonalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Chelyabinskdagi Savdo-sanoat palatasida hududdagi 14 ta tashkilot vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2017 yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tashkiliy tarzda fuqarolarni ishga jalb etishga doir imzolangan hukumatlararo kelishuv va Vazirlar Mahkamasining 725-sonli qarori talablari batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, Sankt-Peterburg, Tula, Perm, Volgograd va Voronejda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatilib, pasportlari olib berildi. Tulada qiyin ahvolda qolgan va Moskvada og‘ir tan jarohati olgan yurtdoshlar Moskva - Toshkent, Moskva - Samarqand aviareyslari orqali vatanga qaytarildi.


Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025