Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida zapravkadagi janjalda vafot etgani aytilgan yigit videomurojaat qildi
U hozirda ahvoli yaxshi ekanini aytgan va yolg‘on xabar tarqatmaslikni so‘ragan.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 26 fevral kuni metan yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi odamlar navbat talashib, janjal ko‘tardi. Bu holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Xabarlarda jabrlanuvchilardan biri vafot etgani aytilgandi.
Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov dastlab bu xabarlarni rad etdi.
Keyinroq esa o‘z telegram-kanalida jabrlanuvchining videomurojaatini joylashtirdi.
Videoda yigit hozirda ahvoli yaxshi ekanini aytib, yolg‘on xabarlar tarqatmaslikni so‘ragan.
«Zapravkadagi holat ko‘rsatilgan videodagi bola menman. Meni o‘ldi deb tarqatib yuborishibdi. Lekin hamma joyim sog‘. Hammasi yaxshi. Unaqa video tarqatmasligingizni iltimos qilaman», deydi u.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025