Toshkentda Tracker 197 km/soat tezlikda yo‘lovchi avtobusiga kelib urildi
Yangi O‘zbekiston ko‘chasi chorrahasida «garmoshka» avtobus va Tracker to‘qnashdi. Avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan, Tracker haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Poytaxtda King Long rusumli avtobus va Tracker rusumli yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, bugun, 29 fevral kuni soat 06:45 larda, «2-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi King Long rusumli 63-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi avtobus AShB tomon harakatlanayotgan vaqtda YTH sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, avtobus Mirzo Ulug‘bek tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi chorrahasidan qayrilib olish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Tracker rusumli yengil avtomobil yuqori tezlikda (197 km/soat) kelib, avtobus bilan (o‘rta shina qismiga tegib) to‘qnashuv sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Tracker avtomobili haydovchisi tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti.
Mavzuga oid

08:56 / 02.04.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

09:10 / 23.03.2025
Toshkentda turistlar avtobusi tutab ketdi

23:41 / 20.03.2025