Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, Rostov-Dondagi “AzovStroy” va Voronejdagi korxonalarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Krasnoyarskda fuqaroning ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasporti undirib berildi.

Tulada qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlar Moskva - Namangan yo‘nalishidagi aviareys orqali vatanga qaytarildi. Blagoveshenskda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga huquqiy hamda moddiy yordam ko‘rsatildi. Tulada ishsiz qolgan fuqarolar bandligi ta’minlandi.

Ufa davlat neft-texnika universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025