Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Telegram orqali fuqaroning 74,5 mln so‘m pullarini o‘zlashtirgan 16 yoshli o‘smir ushlandi
U Telegram’da havolalar joylab, ular orqali fuqarolarning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zlashtirgan.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida fuqarolarga Telegram orqali soxta havola yuborib, ularning pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi, 48 yoshli ayol IIBga murojaat qilib, bank kartasidan noma’lum shaxs 74,5 mln so‘m pullarni o‘zlashtirib olganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi, 16 yoshli X.Y. sodir etgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, X.Y. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmundagi havola jo‘natib, bank kartasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab kelayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.Y.ning sodir etilib fosh qilinmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025