Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asaka tuman prokurori o‘rinbosari va IIB tergov bo‘linmasi sobiq xodimini qo‘lga oldi
Andijon viloyati Asaka tumanida mansabdor shaxslar bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi sobiq xodimi Asaka tumani prokurori o‘rinbosari orqali mazkur tuman prokuraturasi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida qurilish firmasi rahbariga nisbatan qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasini o‘zgartirib, tergov harakatlari davomida aniqlangan zarar summasini qayta nazorat-o‘lchov tadbirlari o‘tkazish orqali kamaytirib berish evaziga, ayblanuvchining yaqinlaridan 15 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan to‘plangan materiallar asosida sobiq tergovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov harakatlari davomida tuman prokurori o‘rinbosari ham ushbu jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida jalb qilindi. Hozirda ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:09 / 14.05.2025