Jahon | 18:35 / 05.03.2024
4457
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bosh vaziri Bektenov O‘zbekistonga tashrif buyuradi 

Toshkentda O‘ljas Bektenov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazadi. 

Foto: gov.kz

Qozog‘iston bosh vaziri O‘ljas Bektenov amaliy tashrif bilan Rossiya va O‘zbekistonga boradi, deb xabar berdi Tengrinews. 

Qayd qilinishicha, Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Tomonlar ikki davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, shuningdek, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qiladi. 

Toshkentda O‘ljas Bektenov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazadi, unda savdo va sarmoyaviy hamkorlikni oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transport-logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. 

Bektenovning Rossiya va O‘zbekistonga amaliy tashrifi bo‘yicha aniq sanalar xabarda keltirilmagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid