Ukraina Donbassdagi yurishni to‘xtatishga urinmoqda, Rossiya shaharlari bo‘ylab tashviqot poyezdi harakatlanmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 740-kuni o‘tdi.
Samara oblastida shikastlangan ko‘prik
Samara oblastida portlash oqibatida Chapayevka daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik qisman shikastlandi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan, ammo bu poyezdlar harakati grafigiga ta’sir ko‘rsatgan. Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi «temiryo‘l ko‘prigi safdan chiqarilgan faktini tasdiqlagan». Boshqarmadagilarning hisoblashicha, ko‘prikdan Chapayevkadagi «Polimer» zavodida ishlab chiqarilgan harbiy yuklarni tashish uchun foydalanilgan.
Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi texnikalari
Donetsk oblasti asosiy janglar kechayotgan joy bo‘lib qolmoqda. Fevral oyi o‘rtalarida Avdiyivkani egallagan Rossiya qo‘shini muvaffaqiyatni rivojlantirishga harakat qilmoqda. «Tavriya» operativ-strategik qo‘shinlar guruhi rasmiy vakili Dmitro Lixoviy 4 mart kuni Avdiyivka yo‘nalishida RF qo‘shinlari harakatini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, RF qurolli kuchlari Novopavlovsk yo‘nalishidagi (oldingi Maryinka) Novomixaylovkani egallash uchun zaxira kuchlarni olib kelishda davom etmoqda.
Baxmut yaqinidagi ukrain artilleriyasi
Rossiyalik harbiylar 2023 yil bahorida egallab olgan Baxmut atrofida janglar davom etmoqda. Amerikaning Urushlarni o‘rganish institutining (ISW) 4 mart kungi hisobotida aytilishicha, RF qo‘shini Ivanovske aholi yashash punktini egallashga urinmoqda, ukrainlarning moddiy-texnik ta’minot yo‘li shu yer orqali o‘tadi.
RF mudofaa vazirligining «Kuch haqiqatda» targ‘ibot poyezdi
RF mudofaa vazirligi 23 fevraldan 8 mayga qadar «targ‘ibot-propaganda aksiyasi»ni o‘tkazmoqda, uning doirasida Rossiya shaharlari bo‘ylab «Kuch haqiqatda» («Sila v pravde») poyezdi harakatlanadi. Tashkilotchilar rejasiga ko‘ra, poyezd Moskvadan Vladivostokka borib, ortga qaytadi, yo‘l davomida 75 stansiyada to‘xtaydi. «Targ‘ibot poyezdi tarkibi Ulug‘ Vatan urushi qurolli va harbiy texnikalari namunalari aks ettirilgan „Bu kunlar shon-shuhratni o‘chira olmaydi“ tematik vagoni, shuningdek ekspozitsiyasi Ukraina rahbariyati va ular tomonidan singdirilgan natsizm mafkurasining jinoiy niyatlarini fosh etuvchi „Orzudagi alyans“ vagonini o‘z ichiga oladi», — deyilgan RF mudofaa vazirligi tarqatgan press-relizda.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024