Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS Isroilning sulh taklifini rad etdi, ammo muzokaralarni davom ettirishga tayyor
Hamaschilar Isroildan o‘t ochishni so‘zsiz va doimiy to‘xtatishni talab qilmoqda.
Falastinning HAMAS guruhi G‘azo sektorida Isroil taklif qilgan so‘nggi sulh bitimini rad etdi, biroq vositachilar ishtirokida muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Guruh bayonotiga ko‘ra, Isroil «o‘t ochishni doimiy to‘xtatish, ko‘chirilganlarni orqaga qaytarish, G‘azo sektoridan chiqib ketish va Falastin xalqi ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq majburiyatlardan qochishda davom etmoqda».
«HAMAS Falastin xalqining talab va manfaatlarini ro‘yobga chiqaradigan kelishuvga erishish uchun vositachilar orqali muzokaralarni davom ettiradi», deyiladi bayonotda.
HAMAS delegatsiyasi muzokaralarni davom ettirish uchun shu hafta boshida Qohiraga borgan edi. Muzokara ishtirokchilari tarkibiga vositachi davlatlar: Qatar, Misr va AQSh vakillari kirdi. Biroq Isroil Qohiraga delegatsiya yuborishdan bosh tortdi, chunki HAMAS unga garovga olinganlarning ism-sharifi yozilgan ro‘yxatini taqdim qilmagan.
EFE agentligining ta’kidlashicha, HAMAS bunday ro‘yxatni tuza olmaydi, chunki unda barcha garovga olinganlarning qayerdaligi yoki holati to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Ularning ba’zilari alohida kameralar yoki boshqa harbiylashtirilgan guruhlar tomonidan asirda saqlanmoqda.
Isroil G‘azoda garovga olingan 130 kishi qolayotganiga ishonadi, ulardan 99 nafarini tirik deb hisoblaydi.
HAMAS rad etgan kelishuv shartlari 40 kunlik sulh va G‘azo sektorida garovda saqlanayotgan 40 nafar isroilliklarni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 404 falastinlik mahbusga almashishni o‘z ichiga olgan edi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025