Jamiyat | 12:55 / 06.03.2024
30439
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda mast erkak maktabga bolta ko‘tarib keldi

Uni Milliy gvardiya qorovul xodimi to‘xtatib qolgan. U maktabda ishlovchi turmush o‘rtog‘i bilan gaplashib olmoqchi ekanini aytgan va ichkariga kiritilmaganidan keyin janjal ko‘targan.

Foto: Milliy gvardiya

4 mart kuni soat 15:40 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtko‘pir tumani Dao‘ir mahallasida  joylashgan 4-sonli maktabda, yangi joriy qilingan tizimda xizmat o‘tayotgan Milliy gvardiyaning qorovul xodimi tomonidan maktabga mast holda qo‘lida bolta bilan kelgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu fuqaro maktabning kirish joyida xizmat o‘tayotgan qorovul xodimining begonalarni maktab ichkarisiga kiritmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirishiga va talablariga bo‘ysinmasdan, kurtkasi ichidan bolta chiqarib janjal ko‘tarib turgan bir paytda «tashvish» xabari asosida chaqirilgan va yetib kelgan tuman qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida ushbu fuqaro, Taxtako‘pir tumanida yashovchi 45 yoshli fuqaro S.D. ekani, mazkur maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydigan turmush o‘rtog‘i R.B.ni ko‘rishga kelgani va gaplashib ketmoqchi ekanini, qo‘lidagi boltani esa o‘tin chopish oldidan o‘tkirlatishga olib chiqqanini ma’lum qilgan.

Fuqaro S.D. tezkor guruh xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot bo‘limiga olib borilib, spirtli ichimlik iste’mol qilganligi bo‘yicha ma’lumoti olingandan so‘ng, tuman IIB profilaktika inspektori bilan birga tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan holda, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mastlik holati bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga yotqizilgan.  

Hozirda holat yuzasidan Taxtako‘pir tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid