Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov Rossiyada «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritildi
Kasparov «Forum svobodnoy Rossii» harakati asoschilaridan biri hisoblanadi. Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri tashkilot urushga qarshi konferensiyalar o‘tkazib, unga Rossiya muxolifatining turli vakillarini taklif qilmoqda.
«Rosfinmonitoring» tashkiloti rossiyalik shaxmatchi va 13-jahon chempioni Garri Kasparovni «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritdi. Kasparovga nisbatan «terrorchilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
2023 yil dekabr oyida Rossiya IIV Kasparovga nisbatan tekshiruv o‘tkazgani va uning harakatlarida jinoyat alomatlarini topgani ma’lum bo‘lgan edi. Bu haqda Davlat Dumasi deputati Andrey Alshevskix xabar berdi. Rossiya Tergov Qo‘mitasi Kasparovga nisbatan ish qo‘zg‘atilganini rasman e’lon qilmadi.
2016 yilda Litvada yashovchi Kasparov «Forum svobodnoy Rossii» harakati asoschilaridan biri bo‘ldi. Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri tashkilot urushga qarshi konferensiyalar o‘tkazib, unga Rossiya muxolifatining turli vakillarini taklif qilmoqda.
2022 yil may oyida Rossiya Adliya vazirligi Kasparovni «xorijiy agent» deb e’lon qildi. 2023 yil 1 fevralda Bosh prokuratura «Forum svobodnoy Rossii» harakatini «nomaqbul» tashkilot deb e’lon qildi.
Garri Kasparov 60 yoshda. 1985 yilda Anatoliy Karpovni mag‘lub etib, jahonning o‘n uchinchi chempioni bo‘lgan. Butunjahon shaxmat olimpiadalarining 8 karra g‘olibi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025