O‘zbekiston | 18:24 / 08.03.2024
60374
2 daqiqa o‘qiladi

Bola tug‘ilganda «suyunchi puli»ni berish tartibi o‘zgardi

Yangi tartibga ko‘ra, «suyunchi puli»ni birinchi farzandi uchun barcha ayollar, ikkinchi farzandi uchun faqat ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar oladi. Uchinchi va undan keyingi farzandlar uchun bir martalik nafaqa berilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, bola tug‘ilganida bir martalik nafaqa («suyunchi») pulini berish tartibi o‘zgartirildi. 

Qayd qilinishicha, 2024 yil 1 apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

- birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;

- ikkinchi farzandi uchun – farzand tug‘ilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi. 

Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi. 

Nafaqani olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori mehnatga ham to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi (hozirda 738 150 so‘m)ga teng.

Mavzuga oid