O‘zbekiston | 11:31 / 10.03.2024
17776
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mast holda ko‘chada yalang‘och yurgan shaxsga chora ko‘rildi

Unga MJtKning 183 va 194-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar sudga yuborilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida yalang‘och holda yurgan fuqaroga chora ko‘rilgan. Bu haqda shahar IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 10 martga o‘tar kechasi taxminan soat 02:00 larda 1977 yilda tug‘ilgan A.A. Chilonzor tumani 16-mavzeda mast holatda, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yalang‘och holatda yurgan.

Ushbu shaxsga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan MJtKning 183 va 194-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga taqdim etilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlangan.

Mavzuga oid