Jahon | 16:23 / 12.03.2024
10038
5 daqiqa o‘qiladi

Lvivda maktab o‘quvchilari o‘q otish va dron uchirishni o‘rganmoqda, Liman yaqinida ukrain harbiylari yangi janglarga tayyorlanmoqda

Ukrainadagi urushning 747-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • CNN Rossiya G‘arb Ukraina uchun ishlab chiqarayotganidan uch barobar ko‘proq snaryad ishlab chiqarayotgani haqida xabar berdi.
  • Putin urush boshlanganidan buyon uchinchi marta mudofaa vazirining ichki ta’minot bo‘yicha o‘rinbosarini almashtirdi. Bu lavozimga general-leytenant Andrey Buliga tayinlangan.
  • Ukrainada 2022 yil martida qariyb bir oy mobaynida Chernihiv oblastining Yahidne qishlog‘ida maktab yerto‘lasida 360 dan ortiq kishini garovda ushlab turgan 15 nafar rossiyalik harbiyga sirtdan hukm o‘qildi.
  • Rossiya dronlari Odessa va Xarkiv oblastlariga hujum qildi, jabrlanganlar yo‘q.
  • The New York Times xabariga ko‘ra, Ukraina katta ehtimol bilan 2024 yil yozigacha va’da qilingan 45 ta F-16 qiruvchi samolyotlaridan faqat 6 tasini qabul qilib oladi, qolgan samolyotlar yil oxirigacha va 2025 yil boshida yetkazib beriladi.
  • «Mariupolda 20 kun» filmi «Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film» kategoriyasida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi.
  • Volodimir Zelenskiy Rim papasining muzokaralar o‘tkazish «jasurligi» haqidagi so‘zlarini «virtual vositachilik» deb atadi.
  • Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, AQSh Ukrainaga pul berishni to‘xtatishi va «urush yakunlanishi» haqida gapirdi.

Lvivda maktab o‘quvchilari dron uchirish va tez tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganmoqda 

Lvivda yuqori sinf o‘quvchilari uchun majburiy bo‘lgan «Ukraina himoyasi» fani bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun harbiy-vatanparvarlik markazlari ochildi. Shunday markazlardan birinchisi «Zvityaga» («Jasorat») 2023 yil mayida ochilgan, avgustda ikkinchisi ish boshlagandi, shaharda jami 12 ta shunday markazlar faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Maktab o‘quvchilari bu yerda o‘q otishni, dronlar uchirishni hamda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganishadi. Harbiy-vatanparvarlik markazlarining asosiy vazifasi maktab o‘quvchilarini o‘qitish bo‘lsa-da, darslardan keyin ular o‘z tayyorgarlik darajasini oshirishni istovchi fuqarolar uchun ham ochiq bo‘ladi.

Adri Salido / Anadolu / ddp / Vida Press
Adri Salido / Anadolu / ddp / Vida Press
Adri Salido / Anadolu / ddp / Vida Press
Adri Salido / Anadolu / ddp / Vida Press
Adri Salido / Anadolu / ddp / Vida Press

Ukraina qurolli kuchlarining Liman atrofidagi bo‘linmasi

Okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan yuz kilometr shimolda joylashgan Liman shahri strategik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 2022 yil may oyi oxirida rus qo‘shini shaharni egallagandi, ammo o‘sha yil oktyabridayoq Ukraina qurolli kuchlari Limanni ozod etishga muvaffaq bo‘lgan. Arvoh-shaharga aylangan Liman atrofida hamon janglar davom etmoqda.

Ukrainalik jangchi ASU-1 «Valkiriya»ni uchirmoqda. Ushbu pilotsiz aviatsiya kompleksi «Ukraina aviatsiya tizimlari» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Liman yaqinida Ukraina qurolli kuchlarining dronlarni boshqarish markazi. Operatorlarga kartinani birinchi shaxs sifatida ko‘rish imkonini beruvchi FPV-dronlar janglarda tobora muhim rol o‘ynamoqda
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Liman atrofida Ukraina qurolli kuchlarining mexanizatsiyalashgan brigadalari joylashtirilgan
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Yangi jangga tayyorlanayotgan ukrain tankchilari
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press

Sankt-Peterburgdagi bilbordlar

RF qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining uchinchi yili davom etayotgan mahalda, 15-17 mart kunlari Rossiya prezidentligi uchun saylovlar o‘tkaziladi. Vladimir Putin beshinchi prezidentlik muhlati uchun nomzodini qo‘ygan. Rossiya shaharlari ko‘chalarida, jumladan Sankt-Peterburgda ham saylovoldi targ‘iboti rossiyaliklarni shartnoma asosida harbiy xizmatga yozilishga chorlovchi plakatlar bilan birgalikda olib borilmoqda.
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid