Samarqand va Jizzaxda kuchli yomg‘ir tufayli elektr energiya ta’minotida avariyaviy o‘chishlar kuzatildi
Samarqand viloyatida 13,7 ming, Jizzax viloyatida esa 2,2 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan. Hududlardagi kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari ham elektr ta’minotidan uzilgan.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Samarqand va Jizzax viloyatlarida kuchli yomg‘ir tufayli elektr energiya ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun soat 6:45da Samarqand viloyatida yuz bergan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kV.li 15 ta elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chgan. Buning oqibatida Urgut va Pastdarg‘om tumanlarida 13 ming 700 iste’molchi va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilgan.
Ushbu nosozlik soat 10:03 da bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
Shuningdek, soat 7:50 da Jizzax viloyatida yuz berayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kV.li 11 ta elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chgan. Buning oqibatida Baxmal, G‘allaorol, Paxtakor va Zomin tumanlarida 2 ming 250 ta iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan.
Qayd etilishicha, hozirda noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.
11 mart kuni Xorazmda ham kuchli yomg‘ir tufayli 12,5 ming iste’molchi “svet”siz qolgandi.
Mavzuga oid

21:26 / 03.05.2025
Samarqandda o‘quvchilar uzr uchun tiz cho‘ktirildi

17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi

20:00 / 29.04.2025
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda

07:35 / 26.04.2025