O‘zbekiston | 07:30 / 12.03.2024
8667
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida mashinaga magnit yordamida yopishtirilgan 2 kg gashishni olib kirishga urinish fosh etildi

“Oybek” postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasining bojxona ko‘rigi vaqtida tirkama ostiga 2 dona polietilen o‘ram magnit vositasida yopishtirilgani aniqlangan. 

Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona postida bojxona xodimlari hamda DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ko‘rik vaqtida tirkama ostiga 2 dona polietilen o‘ram magnit vositasida yopishtirilgani aniqlangan. 

Ushbu o‘ramlar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida ularning ichida 1 kg 981 gramm gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid