Samarqand aeroportida pnevmatik qurol va uning 550 dona o‘qini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Hujjatlar rasmiylashtirilib, pnevmatik qurol va unga tegishli qo‘rg‘oshin o‘qlar vaqtinchalik saqlovga olingan. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Bojxona boshqarmasi axborot xizmati
Samarqand xalqaro aeroportida Rossiyadan kelayotgan shaxsning yuklari orasidan pnevmatik qurol va uning 550 dona o‘qi topilgan. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand xalqaro aeroportiga “Domodedovo-Samarqand” yo‘nalishidagi qatnov bilan uchib kelgan shaxs “yashil” yo‘lak orqali harakatlanib, bojxona nazoratidan o‘tayotganida xodimlar tomonidan to‘xtatilib, yo‘lovchining bagaj va qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilgan.
Shunda yo‘lovchida bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 3,1 mln so‘mlik 1 dona “MR-512” rusumli, 4,5 mm kalibrli pnevmatik qurol hamda unga tegishli 550 dona qo‘rg‘oshin o‘qlar va 1 dona optik nishonga olish asbobi borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, pnevmatik qurol va unga tegishli qo‘rg‘oshin o‘qlar vaqtinchalik saqlovga olingan. Hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, pnevmatik quroldan ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz foydalanish, uni olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, O‘zbekiston hududiga olib kirish yoki olib chiqish hamda O‘zbekiston hududi orqali tranzit olib o‘tish – qurolni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid

17:56 / 18.04.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

21:00 / 11.04.2025