Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi
Boyovut tumanidagi mahallada hokim yordamchisi sifatida ishlab kelgan Musurmonqul Hotamov Sirdaryo tumani hokimiga aylandi.
Xalq deputatlari Sirdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi.
Sessiyada viloyat hokimi Akmal Mahmudaliyev kun tartibidagi masala yuzasidan qilgan ma’ruzasida tumanda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni sohalar bo‘yicha birma-bir tahlil qildi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod — Musurmonqul Hotamovni tanishtirdi.
Musurmonqul Hotamov 1986 yili Xovos tumanida tug‘ilgan. 2010 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.
U faoliyati davomida Boyovut tumani, Shirin shahri va Oqoltin tumanida soliq organlarida turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Boyovut tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Viloyat hokimining Musurmonqul Hotamovni Sirdaryo tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
- Tumanga 2020 yil noyabridan buyon Botirjon Mirzaqulov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning ishdan ketish sababi ma’lum emas.
Mavzuga oid
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024