O‘zbekiston | 09:58 / 14.03.2024
8144
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlanishi kutilyapti

“Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Quyidagilarni nazarda tutuvchi bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlanishi mumkin:

tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar miqdorini bojxona organlari tomonidan harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar taxminiy qiymatidan kelib chiqib belgilash;

tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini o‘zaro muvofiqlashtirish.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlar shaklidagi tushumlar to‘liq Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

Bojxona yig‘imlari stavkalari

Dastlabki, vaqtinchalik, to‘liq bo‘lmagan va davriy deklaratsiyalash orqali tovarlar rasmiylashtirilganda, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im faqatgina dastlabki deklaratsiyalashda bir marta undiriladi.

Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona posti va unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor hamda boj olinmaydigan savdo do‘koni shuningdek, ularga bevosita tutash bo‘lgan doimiy bojxona nazorati zonalari bojxona rasmiylashtiruvi joylari hisoblanadi.

Sud qaroriga asosan davlat foydasiga o‘tkazilgan yoki yo‘q qilinadigan tovarlarni saqlaganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Dastlabki qaror bekor qilinganda, o‘zgartirilganda yoki qaytib olinganda uni qabul qilganlik uchun to‘lov qaytarilmaydi.

Mavzuga oid