Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik ayol Hindistondagi mehmonxonada o‘lik holda topildi
Sirli holat yuzasidan politsiya tergov boshladi.
Hindistonning Bangalor shahridagi mehmonxonada o‘zbekistonlik sayyoh ayol bo‘g‘ib o‘ldirilgan holda topildi. Bu haqda Times Now yozdi.
Manbaga ko‘ra, Zarina ismli sayohatchi ayol 5 mart kuni mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tgan. 13 mart kuni mehmonxona xodimlari u bilan bog‘lanishga harakat qilgan, biroq javob olinmagan. Shundan so‘ng, zaxira kalit yordamida xonaga kirgach, ayolni o‘lik holda topishgan.
Politsiyaning aniqlashicha, Rahul Kumar ismli shaxs Zarina uchun 16 martgacha xonani band qilib qo‘ygan.
Shuningdek, politsiya ehtimoliy dalillarni topish uchun xonani tintuv qilgan. Xonaga kirgan shaxslarni aniqlash uchun videokamera yozuvlarini va mehmonlar ro‘yxatini tekshirishni boshlagan. Sirli holat yuzasidan tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
16:51 / 22.05.2025