O‘zbekiston | 14:20 / 14.03.2024
3386
1 daqiqa o‘qiladi

Qum xomashyosini noqonuniy qazib olgan korxona 4 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 8,7 ming kub qum xomashyosini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi. 

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “T.K.” MChJ rahbari X.Yu. va boshqalar Gulhovuz mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi daryo o‘zanidan MChJga tegishli texnikalar yordamida 8,7 ming kub hajmdagi qum xomashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,3 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid