Toshkentning qaysi tumanlarida uy-joy ijara narxi pasaygani aytildi
Joriy yil boshidan beri qayd etilgan biroz pasayishdan so‘ng, fevral oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik yana o‘sishni boshladi. Belgilangan pasayish to‘liq tiklandi. Toshkentda ijara narxlarining pasayishi sekinlashdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha 22,2 mingta shartnoma tuzildi. O‘tgan oyga nisbatan bu ko‘rsatkich 2 foizga oshdi.
Yil boshida bir qator hududlarda qayd etilgan faollikning pasayishi fevral oyida to‘liq tiklandi. Yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent – 14 foiz, Andijon – 16 foiz va Farg‘ona– 13 foiz viloyatlarida qayd etildi.
Uy-joy ijarasi bozorida narxlarning pasayishi kuzatildi. Yanvar oyida ijara bozori 2,2 foizga pasaygan bo‘lsa, fevral oyida esa 1,1 foizga pasayib, 1 kv.m. uchun 8,9 dollarni tashkil etdi.
Yillik hisobda ijara haqining eng ko‘p pasayishi Olmazor, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida 13 foizdan 18 foizgacha qayd etildi.
E’tiborlisi, Bektemir va Shayxontohur tumanlarida oylik ijara haqi oshdi, bu yerda uy-joyni ijaraga olish mos ravishda 3,5 foiz va 2,5 foizga qimmatlashdi.
Ijara haqining eng katta pasayishi Yashnobod tumanida 6,3 foiz va Chilonzor tumanida 5,7 foizga qayd etildi.
Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Bu tumanlarda uy-joyni ijaraga olish o‘rtacha kv.m. uchun 11 dollarga tushadi.
Nisbatan arzon uy-joy ijarasi Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida saqlanib qolmoqda va kv.m. uchun 6 dollardan 8 dollargacha o‘zgarib turadi.
Mavzuga oid
22:20 / 25.11.2024
Toshkentda Askiya bozori hududi va binolari 16,8 mln dollar boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yildi
22:10 / 25.11.2024
1 yanvardan Toshkent jamoat transportida naqd shakldagi to‘lovlar uchun yo‘lkira narxi oshishi kutilmoqda
16:33 / 25.11.2024
Toshkentning 86 ta nuqtasida pulli avtoturargoh tashkil etish huquqi 120 mlrd so‘mga sotildi
15:48 / 25.11.2024