Sport | 20:57 / 14.03.2024
18798
2 daqiqa o‘qiladi

Voleybol. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i kubogi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

Sportning voleybol turi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i kubogi poytaxtimiz mahallalaridagi iqtidorli yoshlarni kashf etishda muhim omil bo‘la oldi. 15 fevraldan start olgan bahslar yakuniga yetdi.

Qizg‘in va murosaasiz o‘tgan musobaqaning yarimfinalida o‘g‘il bolalar jamoasi orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mirzo Ulug‘bek tumanining Al-Farobiy mahallasi va Yangihayot tumanining Fayli mahallasi jamoalari final bosqichida 1 va 2-o‘rin uchun o‘zaro kurash olib bordi. Unda Fayzli mahallasi tengsiz jamoa bo‘ldi.

Qizlar jamoasi o‘rtasida Sergeli tumanining Yangi Sergeli mahallasi va Bektemir tumanining Mirishkor mahallasi birinchilik uchun o‘zaro kurash olib borishdi. Finalda Yangi Sergeli raqibidan ustun keldi.

Ma’lumot uchun, 1-o‘rin uchun jamoaning har bir vakiliga 7 million so‘mdan, 2-o‘rin uchun 5 million so‘mdan, 3-o‘rin uchun 3 million so‘mdan pul mukofoti berildi.

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin. Sergeli tumani Yangi Sergeli mahallasi

2-o‘rin. Bektemir tumani Mirishkor mahallasi

3-o‘rin. Yashnobod tumani Axmad Yassaviy mahallasi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin. Yangihayot tumani Fayzli mahallasi

2- o‘rin. Mirzo Ulug‘bek tumani Farobiy mahallasi

3-o‘rin. Yunusobod tumani Nurmakon mahallasi.

Mavzuga oid