Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq shahriga yangi hokim tayinlandi
Murod Abdurahimov xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashining qarori bilan Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi.
Murod Abdurahimov 1986 yilda Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.
U Qibray tumani «Baytqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot» kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq «O‘zkommunxizmat» agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri singari vazifalarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi.
Bundan oldin Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi xabar berilgandi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev uning kelgusi faoliyatiga omad tilab, faxriy yorliq topshirgan. Davron Hidoyatovning qaysi ishga o‘tishi haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi
22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi
22:35 / 30.01.2025
Chirchiqda yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil etgan shaxs ushlandi
21:11 / 09.01.2025