Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakili BMTning Jyenevadagi bo‘limi rahbariga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning Jyenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov kecha BMTning Shveytsariyadagi vakolatxonasi bosh direktori Tatyana Valovayaga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning BMT bilan aloqalari holati va istiqbollari yuzasidan qisqacha fikr almashildi.
Tatyana Valovayaning aytishicha, O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro hamkorligi sezilarli faollashgan, shuningdek, Jyenevadagi tashkilotlarning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan ayniqsa, inson huquqlari sohasida ochiq va oshkora muloqot olib borilmoqda.
O‘zbekistonning BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi yangi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov mart oyi boshida Jyenevaga tashrif buyurdi va o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Yangi doimiy vakil 41 yoshda. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkentdagi Webster universitetini tamomlagan.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025